- Bosh sahifa
- /
- Foydalanuvchilik qoidalari

Har bir kirish, har bir vazifa - g‘alaba sari imkoniyat. Bugun shunchaki o‘ynaysiz - ertaga yangi avtomobilda yurasiz.
Kornet.uz internet-resursidan foydalanish haqidagi mazkur Kelishuv (keyingi o‘rinlarda – Kelishuv) «FIND WORK NEW SERVICE» mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda – Kompaniya) tomonidan Internet tarmog‘ining https://kornet.uz/uz/terms manzilida ommaviy oferta (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasi 2-qismi) tariqasida joylashtirlgan bo‘lib, quyida keltirilgan shartlarni Kelishuvda belgilangan tartibda bajarish yo‘li bilan qabul qilgan har qanday shaxs bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzishga taklif hisoblanadi.
Ommaviy oferta — nomuayyan shaxslar doirasiga qaratilgan Kelishuv tuzish haqidagi mazkur taklif.
Internet-resurs — internet tarmog‘idagi domenlardan birining Kompaniya tomonidan boshqariladigan, shu jumladan http://www.kornet.uz, http://www.kornet.com manzillarida joylashgan internet sahifalarda va kornet.uz mobil ilovasida mavjud bo‘lgan va mazkur Kelishuvga muvofiq foydalaniladigan axborot va ma’lumotlar.
Ro‘yxatdan o‘tish — Internet-resurs funksiyalariga kirish va Axborot xizmatlaridan foydalanish maqsadida uning imkoniyatlaridan foydalangan holda unikal identifikatsiya raqami (ID) biriktiriladigan Foydalanuvchi profili yoki Akkaunt yaratishga qaratilgan harakatlar.
Ma’muriyat — Kompaniyaning vakolatli xodimlari, shuningdek Kompaniya tomonidan belgilangan tartibda vakolatlar taqdim etilgan boshqa shaxslar.
Tashrif buyuruvchi — Internet-resursga o‘z nomidan yoki yuridik shaxs nomidan Topshiriq, Vakansiya yoki E’lon joylashtirish maqsadida foydalanuvchi jismoniy shaxs.
Foydalanuvchi — 18 yoshdan katta, Buyurtmachi, Mutaxassis yoki Tashrif buyuruvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, mazkur Kelishuv va Me’yoriy hujjatlar, Ommaviy oferta shartlarini qabul qilgan (akseptlagan), jismoniy shaxs. Mazkur Kelishuv bo‘yicha Kompaniya tomonidan odatda Buyurtmachi yoki Mutaxassis Foydalanuvchi sifatida e’tirof etiladi.
Login — Foydalanuvchi tomonidan ro‘yxatdan o‘tish davomida ko‘rsatilgan va Internet-resursdan foydalanish jarayonida ishlatiladigan, O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan mobil telefon raqami.
Parol — Ro‘yxatdan o‘tish davomida SMS-xabarnoma orqali olingan, Internet-resursdan foydalanish uchun Login bilan birga ishlatilib, Foydanuvchini identifikatsiya qilish imkonini beradigan, belgilar kombinatsiyasi.
Xizmat — Foydalanuvchi tomonidan Internet-resursga joylangan ishlarni, xizmatlarni bajarish, oldi-sotdi yoki tovarni yetkazib berish haqidagi Publikatsiya (Topshiriq, Vakansiya, E’lon).
Kontent — Internet-resursga Foydalanuvchi tomonidan joylanadigan yoki avtomatik ravishda ko‘chiriladigan matn, foto, video ko‘rinishidagi har qanday materiallar.
Mutaxassis — Internet-resursda Buyurtmachlar tomonidan joylangan Publikatsiyalar (Topshiriq, Vakansiya, E’lon) bo‘yicha qidiruv o‘tkazish niyatidagi, Ro‘yxatga olish tartibotidan o‘tkazilgan shaxs.
Javob yo‘llash — Mutaxassis yoki Buyurtmachining bir-birlariga yuborgan, tovar yoki xizmatga ehtiyoj, xizmatdan foydalanish, xizmatni ko‘rsatish, ishlarni bajarish haqidagi Publikatsiya (Topshiriq, Vakansiya, E’lon) bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish taklifi.
Publikatsiya/Topshiriq — Buyurtmachi yoki Hamkor tashkilot Servis menedjeri tomonidan Internet-resursga joylangan, nomuayyan shaxslar doirasiga qaratilgan, xabarnomada ko‘rsatilgan ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) topshirig‘i ifodalangan taklif.
Publikatsiya/Vakansiya — Buyurtmachi yoki Hamkor tashkilot Servis menedjeri tomonidan Internet-resursga joylangan, nomuayyan shaxslar doirasiga qaratilgan, ayrim tashkilot va korxonalardagi bo‘sh ish o‘rinlari (Vakansiya) haqidagi xabarnoma.
Publikatsiya/E’lon — Sotuvchi (Buyurtmachi) tomonidan Internet-resursga joylangan, sotish yoki xarid qilish taklifi ifodalangan axborot xabarnoma (E’lon).
Servis menedjer — Hamkor tashkilot javobgar shaxsi yoki Ma’muriyat vakili.
Katalog — Internet-resursda ko‘rsatilgan katalogga kiritish talablariga javob beruvchi, ro‘yxatdan o‘tgan Mutaxassislar ro‘yxati.
Hamkor — Internet-resurs Foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatish uchun Kompaniya bilan “Mutaxassislarni tanlab olish yuzasidan axborot xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida” shartnoma tuzgan yuridik shaxs.
Mutaxassisni tanlash (Mutaxassisni yollash) — Internet-resursga joylangan Topshiriq bo‘yicha javob yo‘llagan Mutaxassisning shartlariga Buyurtmachining rozilik berishi.
Hisob vaqti — Toshkent (O‘zbekiston) vaqti bilan vaqt va sana.
Akkaunt — Internet-resurs Foydalanuvchisi haqida shaxsga doir ma’lumotlarni, shaxsiy sozlamalarni va resursdan foydalanish doirasida taqdim etiladigan boshqa axborotlarni o‘z ichiga olgan, tizimda ro‘yxatdan o‘tish natijasida yuzaga kelgan hisob qaydnomasi.
Anketa — Foydalanuvchining o‘z xohish-irodasi bilan Internet-resursga joylangan, uning fotosurati, kasbi, mashg‘ulot turi, tahsil olgan o‘quv muassasalari, bajarish taklif etilayotgan xizmatlar turi va toifasi, ilgari bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi va ish-xizmatlarning bahosi to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborot.
Me’yoriy hujjatlar — mazkur Kelishuvning 2-bo‘limida ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumot va hujjatlar.
Aksept — Internet-resursdan foydalanish to‘g‘risidagi mazkur Kelishuv va boshqa tartibga soluvchi hujjatlar Foydalanuvchi/Tashrif buyuruvchi tomonidan qabul qilinganligini anglatuvchi, Internet-resurs imkoniyatlaridan foydalangan holda tizimda Ro‘yxatga olish tartiboti orqali amalga oshiriladi.
Mazkur Kelishuv Internet-resursdan foydalanish tartibini belgilab, ushbu jarayonda Foydalanuvchi va Kompaniya o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Internet-resursdan foydalanish tartibi mazkur Kelishuv, shuningdek quyidagi hujjatlar (keyingi o‘rinlarda - Me’yoriy hujjatlar) bilan tartibga solinadi:
Mazkur Kelishuv O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369, 370-moddalari bilan belgilangan tartibda, Ushbu ommaviy ofertani internet tarmog‘iga joylashtirish va uning shartlariga rozilik bildirgan har qanday Foydalanuvchining akseptini qabul qilish yo‘li bilan tuziladi. Internet resursning imkoniyatlaridan foydalangan holda Ro‘yxatga olish tartibotidan o‘tish ommaviy ofertani akseptlash deb topiladi.
Internet-resursdan foydalanishni boshlagan Foydalanuvchi va Tashrif buyuruvchi Kelishuv shartlarini, shuningdek Me’yoriy hujjatlar shartlarini to‘liq hajmda, hech qanday istisno va tuzatishlarsiz real vaqt rejimida (Hisob vaqti) qabul qilgan hisoblanadi. Me’yoriy hujjatlar Kelishuvning ajralmas qismi hisoblanadi.
Hamkor va Kompaniya o‘rtasidagi munosabatlar mazkur Kelishuv shartlari va o‘zaro tuzilgan fuqarolik-huquqiy shartnoma shartlariga asosan tartibga solinadi.
Foydlanuvchi bo‘lishni istagan 18 yoshdan oshgan jismoniy shaxs Internet-resursning tegishli sahifasida Ro‘yxatga olish tartibotidan o‘tishga majbur.
Foydalanuvchi Internet-resursda Ro‘yxatdan o‘tish bosqichida shaxsan o‘ziga tegishli bo‘lgan mobil telefon raqamini ko‘rsatishga majbur. Foydalanuvchining boshqa shaxslarga tegishli mobil telefon raqamini ko‘rsatish huquqi mavjud emas. Foydanuvchi o‘zining mobil telefon raqamiga Kompaniya xodimlari tomonidan yuborilgan tasdiqlash kodlarining maxfiyligini ta’minlashi shart.
Foydalanuvchi mazkur Kelishuvni tuzish bilan Ro‘yxatdan o‘tish bosqichida ko‘rsatgan o‘zining mobil telefon raqamiga yoki elektron pochtasiga Kompaniya tomonidan aksiyalarda ishtirok etish haqidagi SMS-xabarnomalar yuborilishiga rozilik bildiradi.
Ro‘yxatdan o‘tish bosqichida Foydalanuvchiga Login (mobil telefon raqami) biriktirilib, Parol yuboriladi. Ushbu Parol Hisob vaqti dorasida Internet-resursdan foydalanish uchun zarur.
Foydalanuvchi Ro‘yxatga olish tartibotidan faqat bir marotaba o‘tishi mumkin. Foydalanuvchi o‘ziga tegishli FISh orqali ro‘yxatdan o‘tishda quyidagilar taqiqlanadi:
Internet-resursning Ro‘yxatga olish shakli Foydalanuvchidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etishni talab qilishi mumkin.
Foydalanuvchi o‘zi tanlagan Parolning xavfsizligi (taxminan aniqlab olishga chidamliligi) bo‘yicha shaxsan o‘zi javobgar hisoblanib, Parol maxfiyligini shaxsan o‘zi mustaqil ta’minlaydi.
Foydalanuvchi o‘zining harakati (harakatsizligi), shuningdek uchinchi shaxslarning xuddi shunday harakati (harakatsizligi) natijasida o‘ziga tegishli Hisob ma’lumotlari va boshqa individual axborotlarning oshkor bo‘lib qolishi, yo‘qotilishi, o‘g‘rilanishi va boshqa salbiy oqibatlari uchun javobgarlikni to‘liq o‘z bo‘yniga oladi. Bunda Foydalanuvchining Akkaunti orqali bajarilgan barcha harakatlar Foydalanuvchi tomonidan bajarilgan hisoblanadi (Foydalanuvchi o‘z Akkauntiga ruxsatsiz kirish amalga oshirilgani yoki Parol maxfiyligi buzilgani haqida Kompaniyani o‘z vaqtida xabardor qilgan holtlar bundan mustasno).
Foydalanuvchining huquqlari uning Login va Parolini ruxsatsiz qo‘lga kiritgan uchinchi shaxslar tomonidan buzilganda Kompaniya javobgar hisoblanmaydi.
Foydalanuvchi Ro‘yxatdan o‘tishda:
Kompaniyaning ayrim Xizmatlaridan foydalanish imkoniyati, shu jumladan Publikatsiyalar (Topshiriq, Vakansiya, E’lon)dan foydalanishga ruxsat ochilishi faqatgina belgilangan tartibda Ro‘yxatdan o‘tgan Foydalanuvchi (Mutaxassis) tomonidan Kompaniya xizmatlari uchun haq to‘langandan so‘ng yuzaga keladi.
Ro‘yxatga olish tartibotidan o‘tayotgan Foydalanuvchi Mutaxassis sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun Anketa ma’lumotlarini kiritishi lozim bo‘lib, bu jarayon Internet-resursga quyidagi ma’lumotlarni joylashtirish va tasdiqlashni anglatadi:
Mutaxassis sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida zarurat tug‘ilsa Kompaniya quyidagilarni amalga oshirishga haqli:
Foydalanuvchidan kerakli axborotlar olingach, test natijalaridan kelib chiqib, Mutaxassis maqomi Ma’muriyat ixtiyoriga ko‘ra taqdim etiladi. Ma’muriyat Foydalanuvchini ro‘yxatga olishni va (yoki) Internet-resursga kirish imkoniyatini to‘liq rad etishga haqli. Bunda rad etish sabablari tushuntirmaydi, Mutaxassis sifatida ro‘yxatdan o‘tish bilan bog‘liq harakatlar va xarajatlar bilan xisoblashilmaydi.
Foydalanuvchi Mutaxassis sifatida Ro‘yxatdan o‘tishdan avval mobil qurilmasining kamerasiga ulanish huquqlarini taqdim etadi. Anketani to‘ldirishda Foydalanuvchi Kompaniyaga o‘zi haqidagi haqiqiy va so‘nggi ma’lmotlarni ko‘rsatishga majbur.
Foydalanuvchi Anketani to‘ldirishda undagi ma’lumotlarni tasdiqlagan holda ushbu ma’lumotlar ommaviy ravishda tarqatilishiga, ya’ni Internet-resursning va internet tarmog‘ining barcha foydalanuvchilariga erkin namoyish etilishiga rozilik bildiradi.
Foydalanuvchi Anketani to‘ldirish bilan Internet-resursga Buyurtma (Vakansiya yoki E’lon) joylashtirish, e’lon qilingan Publikatsiyalarga faqat shaxsan o‘zi tomonidan bajariladigan xizmatlar bo‘yicha javob berish (otklik qoldirish) va boshqa harakatlarni bajarish majburiyatini oladi.
Bajaruvchi o‘zini boshqa shaxs deb tanishtirishi, xizmatlar ko‘rsatishni boshqa shaxslarga o‘tkazishi, Xizmatlar agregatori sifatida harakat qilishi, Internet-resursda joylashtirilgan Publikatsiyalar bo‘yicha buyurtmalarni ayriboshlashi, qayta sotishi qatiyan man etiladi.
Foydalanuvchi o‘zi tomonidan joylashtirilayotgan ma’lumotlarning mazmuni, to‘liqligi, to‘g‘riligi, ishonchliligi va qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi bo‘yicha barcha javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
Mutuxassis sifatida Ro‘yxatdan o‘tganlik holati istalgan vaqtda Ma’muriyat tomonidan sababini ko‘rsatmagan holda bekor qilinishi mumkin.
Foydalanuvchilar quyidagi qoidabuzarlik holatlari yuzaga kelganda jiddiy ogohlantirish yoki Mutaxassis (Foydalanuvchi) maqomidan maxrum qilish kabi oqibatlarga olib kelishiga rozilik bildiradi:
Ushbu ro‘yxat tugallanmagan bo‘lib, har bir aniq holatda boshqa harakatlar ham qoidabuzarlik deb topilishi mumkin.
Ma’muriyat foydalanuvchilar tomonidan Kelishuvga rioya etilishini kuzatib borishi, shuningdek, Mutaxassis/Foydalanuvchilarga Anketani to‘g‘ri to‘ldirish, Publikatsiyalarga javob, sharhlar joylash tartiblari haqida kerakli tavsiyalarni berib borishi zarur.
Publikatsiya (topshiriq) - bu Hisob vaqti ichida aniq va batafsil tushuntirilgan muayyan ishlarni bajarish (xizmat ko‘rsatish) haqidagi taklif. Maqsadlari yoki mavzusi quyidagilardan iborat bo‘lgan publikatsiyalarni joylashtirish taqiqlanadi:
Foydalanuvchi Internet-resursning imkoniyatlaridan foydalangan holda vijdonan harakat qilishi va Internet-resursning funksional imkoniyatlarini suiiste’mol qilmaslikka majburdir.
Hisob vaqtida belgilangan tartibda qabul qilingan Publikatsiya Ijrochi bilan kelishilgan hisoblanadi.
6. Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlari va ularni himoya qilish
Foydalanuvchilar mazkur Kelishuvga binoan shaxsga doir ma’lumotlarni to‘plash va ularni Kelishuvda belgilangan tartibda qayta ishlashga yozma rozilik bildiradilar (“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-547 qonunning 29-moddasi).
To‘plash va qayta ishlash deganda foydalaniladigan vositalar va tartiblardan qat’i nazar, shaxsga doir ma’lumotlar bilan har qanday operatsiya, xususan, shaxsga doir ma’lumotlarni to‘plash, qayd etish, tizimlashtirish, saqlash, aniqlashtirish, yangilash, o‘zgartirish va qidirish, shuningdek ulardan foydalanish, uzatish, tarqatish, taqdim etish, kirish, shaxssizlantirish, bloklash, o‘chirish va yo‘q qilish tushuniladi.
Kompaniya shaxsga doir ma’lumotlar nazoratchisi bo‘lib, foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlash maqsadlari uchun javobgardir. Kompaniya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shaxsga doir ma’lumotlarni tegishli davlat idorlariga taqdim qilishi yoki ularni qayta ishlashni tegishli hamkor kompaniyalardan biriga topshirishi mumkin.
Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash. Kompaniya o‘z xizmatlarini taklif qilishda foydalanuvchilarning shaxsga doir, aloqa va boshqa ma’lumotlariga muhtoj. Shu bilan birga, Kompaniya mijoz bilan aloqani davom ettirish uchun foydalanuvchidan ushbu ma’lumotlarning minimal miqdorini so‘rab olishi mumkin, jumladan:
Publikatsiyalarni qayta ishlash jarayonida Kompaniya quyidagi shaxsga doir ma’lumotlarni to‘plashi va saqlashi mumkin: manzil va boshqa aloqa ma’lumotlari (foydalaniladigan xizmatlarga qarab), Xizmat ko‘rsatish davomida yo‘llangan xabarlar va Kompaniyaga yuborilgan xabarlar; Kompaniya va uning Hamkorlariga tegishli axborot tizimlarida Foydalanuvchining harakatlari to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar, Kompaniya veb-saytlariga tashriflar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘plash natijalari va bunday kirish uchun foydalaniladigan dasturlar va qurilmalar to‘g‘risidagi hammaga ochiq ma’lumotlar, shu jumladan Foydalanuvchining geolokatsiyasi yoki IP manzili haqidagi ma’lumotlar; Kompaniya foydalanuvchilardan o‘z shaxsini tasdiqlash uchun so‘raydigan qo‘shimcha ma’lumotlar (masalan, Mutaxassislarni Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxalari, fotosuratlari, ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlari yoki boshqa tegishli hujjatlarni va Mutaxassis haqidagi kasbiy ma’lumotlarni yuborishni so‘rashi mumkin).
Foydalanuvchilar ularning shaxsga doir ma’lumotlari Kompaniya tomonidan quyidagi maqsadlarda ham foydalanishi mumkinligiga rozilik bildiradilar:
Foydalanuvchi, uchinchi shaxslardan olingan ma’umotlarni hisobga olgan holda ma’lumotlarni birlashtirish va (yoki) shaxssizlantirgan holda undan xizmatlar, kontentni rivojlantirish va muvofiqlashtirish uchun, shu jumladan, reklama maqsadlarida Kompaniya va u bilan bog‘liq bo‘lmagan uchinchi shaxslar foydalanishiga rozi bo‘ladi.
Kompaniya shuningdek, Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlarini quyidagi holatda taqdim etishi mumkin:
Yuqoridagilar bilan cheklanmagan holda va Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini hurmat qilish maqsadida Kompaniya qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilgan holda rasmiylashtirilgan so‘rov xatisiz hech qanday shaxsga, shu jumladan vakolatli davlat organlariga shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etmaydi.
Cookiye-fayllar. Kompaniya cookiye-fayllar (cookies) va veb-mayoqlardan (beacons) axborot oqimini tahlil qilish, xizmatlar, kontent va reklamalarni sozlash, sayt ish faoliyatini o‘lchash hamda ishonchlilik va xavfsizlikni ta’minlash, bozorni o‘rganish, daromadlarni kuzatish, veb-saytlar funksionalini yaxshilash, ushbu shartlarga rioya etilishini nazorat qilish hamda qonuniy huquq va manfaatlarni himoya qilish uchun foydalanishi mumkin. Cookie-fayllar personallashmaganiga qaramay, foydalanuvchilar har doim ularni saqlashdan bosh tortishlari mumkin, chunki bu funksiya foydalanuvchining brauzer sozlamalari bilan belgilanadi.
Xavfsizlik. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan Kompaniyaning axborot tizimlarida saqlanadi va Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini ruxsatsiz kirish va oshkor qilishdan himoya qilish uchun turli usullarda (parollar, aloqador xodimlar va pudratchi kompaniyalarning kirishini cheklash va h.k.) foydalaniladi.
Yuridik ahamiyatga ega qarorlar qabul qilishda, Kompaniyaning iltimosiga binoan, foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq yoki foydalanuvchilarning iltimosiga binoan uchinchi shaxslarning Foydalanuvchilari bilan o‘zaro hamkorlik qilishda shaxsga doir ma’lumotlarni avtomatlashmagan tarzda qayta ishlash amalga oshiriladi, bunda o‘zaro hamkorlik maqsadlari bilan belgilanadigan darajada va qayta ishlashga ta’sir qilmaydigan boshqa ma’lumotlarning xavfsizligi talablariga rioya qilinadi.
Foydalanuvchi yoki Tashrif buyuruvchi Internet-resursda o‘zining qasddan va ehtiyotsizlik oqibatidagi har qanday harakatlari yoki harakatsizligi uchun shaxsan o‘zi yakka tartibda javobgar bo‘ladi, shuningdek, Foydalanuvchining hisob ma’lumotlari (Akkaunti)dan foydalangan holda o‘zga shaxslarning Internet tarmog‘iga ma’lumotlarni joylashtirishi yoki tarqatishi, Foydalanuvchi resurslari orqali uchinchi shaxslarning resurslariga kirish bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlari yoki harakatsizligi natijasida yuzaga kelgan noqonuniy oqibatlar va yetkazilgan zarar uchun shaxsan Foydalanuvchi javobgar bo‘ladi.
Foydalanuvchi tarmoqqa joylashtirayotgan Axborotlar mazmuni amaldagi qonun hujjatlariga mosligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi, shuningdek Foydalanuvchi tomonidan u yoki bu Axborotning joylashtirilishi uchinchi tomonlarning shaxsiy nomulkiy, mualliflik va boshqa intellektual huquqlarini buzgan taqdirda uchinchi tomonlar oldida ham shaxsan javobgar hisoblanadi.
Kompaniya Internet-resurs orqali Foydalanuvchi tomonidan e’lon qilingan yoki tarqatilgan har qanday turdagi Kontentni ko‘rib chiqishga majbur emas. Kompaniya Foydalanuvchiga Axborotni joylashtirish yoki tarqatishni rad etishga haqli bo‘lib, Internet-resursda mavjud bo‘lgan har qanday Axborotni o‘chirish huquqiga ega (lekin majbur emas). Foydalanuvchi o‘zi joylagan Axborotning aniqligi, ishonchliligi, to‘liqligi yoki foydaliligini, undan foydalanish bilan bog‘liq barcha xavflarni mustaqil baholashi kerakligini tan oladi va rozilik beradi.
Internet-resursda Internetdagi boshqa saytlarga (uchinchi tomon saytlariga) havolalar bo‘lishi mumkin. Ushbu uchinchi shaxslarga tegishli Axborot va uning mazmuni har qanday talablarga (ishonchlilik, to‘liqlik, qonuniylik va boshqalar) muvofiqligini Kompaniya tomonidan tekshirilmaydi. Kompaniya foydalanuvchi Internet-resursdan foydalangan holda uchinchi tomon saytlarida joylashtirilgan har qanday ma’lumot, materiallar, shu jumladan uchinchi tomon saytlarida bildirilgan fikrlar yoki bayonotlar, reklama va boshqalar uchun, shuningdek, bunday saytlar yoki Axborotning mavjudligi va ulardan foydalanish oqibatlari uchun javobgar emas. Saytda joylashtirilgan har qanday saytga, mahsulotga, xizmatga, tijorat yoki notijorat xarakterdagi har qanday ma’lumotlarga havola (har qanday shaklda) Kompaniya tomonidan ushbu mahsulotlarni (xizmatlarni, faoliyatni) tasdiqlash yoki tavsiya etishni anglatmaydi, Kompaniya tomonidan alohida va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
Foydalanuvchi va (yoki) Tashrif buyuruvchi Kompaniyaga Internet-resursda o‘zlari joylashtirgan materiallardan foydalanish uchun barcha zarur huquqlarga ega ekanligini yoki bunday huquqlarni kelgusida olishlarini kafolatlaydi va tasdiqlaydi.
Foydalanuvchi va (yoki) Tashrif buyuruvchi ushbu Kelishuv, Me’yoriy hujjatlar va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya etish majburiyatini oladi. Agar Foydalanuvchi va (yoki) Tashrif buyuruvchi Kelishuvni buzsa, Ma’muriyat Foydalanuvchi va (yoki) Tashrif buyuruvchining internet-resursga kirishini vaqtincha cheklash (vaqtinchalik bloklash), jiddiy yoki takroriy qoidabuzarlik sodir etilgan taqdirda esa internet-resursga kirishni rad etish (doimiy bloklash) huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Mutaxassis yoki Buyurtmachi Kompaniyaning xodimi emas, shuningdek Kompaniyaga aloqador boshqa shaxs emas. Ular uchun Kompaniya javobgar bo‘lishi mumkin emas.
Kompaniya faqat Internet-resurs orqali Foydalanuvchi va (yoki) tashrif buyuruvchiga taqdim etilayotgan axborot xizmatlari uchun javobgardir, shuning uchun Kompaniya uchinchi shaxslar, shu jumladan Buyurtmachi yoki Mutaxassis uchun javobgar bo‘lmaydi.
Internet-resurs ma’lumotlari qanday joylangan bo‘lsa shunday, ya’ni "Boricha" taqdim etiladi. Internet-resursning Foydalanuvchi yoki tashrif buyuruvchi maqsadlariga muvofiq emasligi uchun Kompaniya javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
Kompaniya quyidagilarga kafolat bermaydi:
Kompaniya Foydalanuvchi yoki Tashrif buyuruvchi tomonidan Internet-resursdan foydalanish natijasida yuzaga keladigan har qanday yo‘qotishlar uchun javobgar emas. (“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘RQ-792-son Qonuni 12-moddasining to‘rtinchi qismi).
Tashrif buyuruvchi quyidagi huquqlarga ega:
Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Mutaxassis quyidagi huquqlarga ega:
Foydalanuvchiga quyidagilar taqiqlanadi:
Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, foydalanuvchiga Ma’muriyat va boshqa foydalanuvchilar bilan xabar almashish imkonini beruvchi Hisob vaqti doirasida xabar almashish xizmatiga kirish huquqi berilishi mumkin.
Ushbu shaxsiy xabar almashish xizmati orqali amalga oshiriladigan yozishmalar mutlaq shaxsiy emas. Foydalanuvchi shaxsiy xabar almashish xizmatidan foydalanib, Ma’muriyat istalgan vaqtda yuborilgan xabarlarni o‘qish va Foydalanuvchilar tomonidan yuborilgan xabarlar matnini reklama materiallari bilan to‘ldirish huquqiga ega ekanligi faktini qabul qiladi.
Ma’muriyat foydalanuvchilar tomonidan bir-biriga yuborilgan xabarlarni moderatsiya qilmaydi (oldindan ko‘rish, baholash va filtrlash). Foydalanuvchilarga quyidagi mazmundagi shaxsiy xabarlarni yuborish imkoniyatidan foydalanish taqiqlanadi:
Ma’muriyat O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda shaxsiy xabarlar xizmatiga kirishga ruxsat berish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Kompaniya Publikatsiyalarni (Topshiriqlar, Vakansiya yoki E’lonlar) Internet-resursiga joylashtirish tartibi, joylashtirilgan Publikatsiyalarga javob yo‘llash, ularni qabul qilish va bajarish imkoniyatlari, shuningdek, mutaxassis Anketasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha, shuningdek servis va reklama bo‘yicha boshqa Axborot xizmatlarini ko‘rsatishga haqli.
Kompaniya o‘z zimmasiga oladi:
Kompaniya quyidagi huquqlarga ega:
Kompaniya – KORNET.UZ sayti va mobil ilovasida o‘ziga xos shaklda taqdim etilgan xizmatlarni ko‘rsatuvchi O‘zbekiston IT bozoridagi birinchi maxalliy operator hisoblangani sababli, Kompaniyaning mazkur xizmatlari vaqtincha bepul taqdim etiladi.
Kompaniya servis xizmatlari uchun haq to‘lash tartibini istalgan vaqtda joriy etish huquqini o‘zida qoldiradi.
11. Foydalanuvchining huquq va majburiyatlari
Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Foydalanuvchi majburiyati:
Foydalanuvchi unga taqdim etilgan ma’lumotlarning xavfsizligi va maxfiyligi uchun shaxsan javobgardir. Foydalanuvchining login va parolidan foydalangan holda Kompaniya tomonidan taqdim etilgan Xizmatlarga nisbatan amalga oshirilgan barcha harakatlar Foydalanuvchining o‘zi tomonidan amalga oshirilgan hisoblanadi. Foydalanuvchi o‘zining ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari (login va parol) yordamida amalga oshirilgan barcha harakatlar uchun uchinchi shaxslar oldida faqat o‘zi javobgar bo‘ladi. Kompaniya foydalanuvchining ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlaridan uchinchi shaxslar tomonidan ruxsatsiz foydalanilgani uchun javobgar emas.
Ushbu Kelishuv shartlarini qabul qilish orqali foydalanuvchi (shu jumladan Buyurtmachi va Mutaxassis) Kompaniyaga quyidagilarni kafolatlaydi:
Kelishuv shartlarini buzganlik uchun Tomonlar Shartnomada va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Kompaniya hech qanday holatda quyidagilar uchun javobgar emas:
Foydalanuvchi (shu jumladan Buyurtmachi va Mutaxassis) quyidagilar uchun to‘liq javobgardir:
Foydalanuvchi Publikatsiyalarni ijro etish bilan bog‘liq nizolarni va uchinchi shaxslarning da’volarini o‘z kuchi va o‘z mablag‘lari hisobidan hal qilish yoki Kompaniya xizmatlaridan foydalanishda uning harakatlari yoki harakatsizligi sababli kiritilgan talabnoma va da’volar natijasida Kompaniyaga yetkazilgan zararni (shu jumladan sud xarajatlarini) qoplash majburiyatini oladi. Agar Foydalanuvchi tomonidan Internet-resursda joylashtirilgan ma’lumotlarning mazmuni, shakli va boshqa belgilari davlat organlari tomonidan kompaniyaga nisbatan turli jarimalar qo‘llanilishiga asos bo‘lsa, Foydalanuvchi Kompaniya talabiga ko‘ra darhol Internet-resursdagi ma’lumotlarning joylashuvi va mazmuni bo‘yicha barcha so‘ralgan ma’lumotlarni taqdim etishga, davlat organlarining qonuniy talab va ko‘rsatmalarini bajarishda Kompaniyaga yordam berishga, shuningdek kompaniyaga yetkazilgan zararni qoplashga majburdir.
Agar ko‘rsatilgan Xizmatlar uchun to‘lov shartlari Foydalanuvchi tomonidan buzilgan bo‘lsa, Kompaniya Foydalanuvchidan kechiktirilgan har bir kun uchun o‘z vaqtida to‘lanmagan summaning 0,1% miqdorida neustoyka (jarima, penya) undirishga haqli.
Kompaniya har bir Foydalanuvchining Internet-resursdan foydalanishni davom ettirishga monelik qilmaydigan Xizmatlar to‘lovi bo‘yicha qarz miqdorini mustaqil ravishda aniqlaydi.
Kompaniya tashrif buyuruvchilarga (Foydalanuvchilarga) ularning Internet-resursdan foydalanishda ko‘rsatilgan telefon raqamlariga SMS yuborish huquqiga ega.
Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng Foydalanuvchiga Shaxsiy hisob raqami beriladi, undan Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan pullik xizmatlar uchun haq to‘lashda foydalanish mumkin. Balansni to‘ldirish Internet-resursda mavjud usullardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Foydalanuvchi istalgan vaqtda Internet-resursdagi Balans holatini kuzatishi mumkin. Pri registratsii Polzovatelyu prisvaivayetsya Nomer litsevogo scheta, kotorыy mojet bыt ispolzovan pri ispolzovanii platnыx uslug, predostavlyayemыx Kompaniyey. Popolneniye Balansa na Internet-resurse proizvoditsya sposobami, dostupnыmi na Internet-resurse. Polzovatel mojet otslejivat sostoyaniye Balansa na Internet-resurse v lyuboye vremya.
Foydalanuvchi balansi va unga oid boshqa masalalar ushbu kelishuv va unda tavsiflangan boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Buyurtmachi va Mutaxassis o‘rtasida e’lon qilingan Publikatsiyaning bajarilishi yuzasidan (ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarning narxi, sifati, miqdori, predmeti va h.k. haqida) nizolar kelib chiqqanda, taraflar o‘z xohish-irodasiga ko‘ra, ushbu nizolarni Kompaniya vakillarining tavsiya, maslahat, tushuntirish va ko‘rsatmalaridan foydalangan holda o‘zaro kelishuv yo‘li bilan yoki O‘zbekiston Respublikasidagi istalgan boshqa mediativ muassasalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarga murojaat etish yo‘li bilan hal etishlari mumkin. Kompaniya faqatgina O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muayyan axborot va ma’lumotlarga ega bo‘lgan guvoh tariqasida ishga jalb etilishi mumkin.
Internet-resursda e’lon qilingan Publikatsiyalar va boshqa xizmatlardan foydalanishda Foydalanuvchi va Kompaniya o‘rtasida yuzaga kelayotgan barcha nizo va kelishmovchiliklar Kompaniya davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joyda (Farg‘ona shahri) O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Taraflar o‘rtasidagi nizo va kelishmovchiliklar, birinchi navbatda, o‘zaro kelishuv va yozishmalar olib borish yo‘li bilan hal etiladi.
Kompaniya Internet-resurs dasturiy ta’minoti xatosiz yoki uzluksiz ishlashiga kafolat bermaydi.
Kompaniya uchinchi shaxslarning harakatlari natijasida Foydalanuvchiga yetkazilgan yo‘qotishlar va boshqa zararlar uchun javobgar emas.
Kompaniya nomaqbul, belgilangan talablarga nomuvofiq va ushbu Kelishuvni buzuvchi deb hisoblagan har qanday ma’lumot yoki materiallarni o‘z serverlaridan olib tashlash va yo‘q qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Kompaniya Internet tarmog‘ida joylashgan (yoki u orqali taklif qilinadigan) ma’lumotlar, xizmatlar va mahsulotlarni nazorat qilmaydi. Natijada, Foydalanuvchi Internet-resurs yoki Internet tarmog‘i orqali taqdim etilayotgan yoki mavjud bo‘lgan barcha tovarlar, ma’lumotlar va xizmatlar (to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kompaniya tomonidan taqdim etilishi aniq ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno) Kompaniya bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilishi shartini qabul qiladi. Foydalanuvchi Internet-resurs va Internetdan foydalanish uchun to‘liq javobgarlik va kutilishi mumkin xavflarni o‘z zimmasiga oladi.
Kompaniya Internet-resurs yoki umuman Internet orqali taqdim etilayotgan tovarlar, ma’lumotlar va xizmatlar uchun hech qanday kafolat bermaydi. Kompaniya bunday yetkazib berish oqibatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita kelib chiqadigan har qanday xarajatlar yoki zararlar uchun javobgar bo‘lmaydi. Foydalanuvchi Internet-resurs yoki Internet orqali taqdim etilgan barcha fikrlar, reytinglar, xizmatlar va boshqa ma’lumotlarning to‘g‘riligi, to‘liqligi va mosligini, sifati va funksiyalarini baholash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladigan shartni qabul qiladi.
Foydalanuvchi rasm va tasvirlarni joylashtirishda har bir bunday tasvir Internet-resursning xususiyatlaridan kelib chiqib, kompaniya logotipi bilan jihozlanishi mumkinligidan xabardor va buni qabul qiladi.
Ushbu Kelishuv va uning natijasida yuzaga kelgan munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tartibga solinadi va talqin etiladi. Mazkur Kelishuv bilan tartibga solinmagan masalalar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi. Ushbu Kelishuvning butun matnida “qonun hujjatlari” atamasi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini anglatadi.
Kelishuvdagi hech bir qoida Foydalanuvchi va Kompaniya o‘rtasida agentlik (dilerlik) munosabatlari, sheriklik munosabatlari, birgalikdagi faoliyat munosabatlari, yakka tartibdagi mehnat munosabatlari, yollanma mehnat yoki Kelishuvda aniq ko‘rsatilmagan boshqa munosabatlarning o‘rnatilishi deb tushunilishi mumkin emas.
Agar biron bir sababga ko‘ra ushbu Kelishuvning bir yoki bir nechta qoidalari haqiqiy emas yoki yuridik kuchga ega emas deb topilsa, bu holat Kelishuvning qolgan qoidalarining haqiqiyligiga yoki bajarilishiga ta’sir qilmaydi.
Ushbu Kelishuv o‘zbek va rus tillarida tuzilgan. Ba’zi hollarda u boshqa tilda ko‘rib chiqish uchun Foydalanuvchiga taqdim etilishi mumkin. Kelishuvning rus tilidagi versiyasi va boshqa tildagi versiyasi o‘rtasida nomuvofiqlik yuzaga kelgan taqdirda, ushbu Shartnomaning rus tilidagi versiyasi qoidalari qo‘llaniladi.
“KORNET.UZ” internet-resursi tarkibiga kiruvchi barcha intellektual huquq ob’ektlari, jumladan dizayn elementlari, grafik tasvirlar, illyustratsiyalar, fotosuratlar, videolar, ma’lumotlar bazalari va boshqa ob’ektlar Kompaniyaning intellektual mulki hisoblanadi, Foydalanuvchiga tegishli bo‘lgan intellektual huquq ob’ektlari (fotosuratlar, shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxalari, ish portfelidagi ish namunalari) bundan mustasno.
Foydalanuvchi “KORNET.UZ” internet-resursida yoki u orqali o‘zi yuklagan yoki boshqa yo‘l bilan omma e’tiboriga havola qiladigan (e’lon qiladigan) har qanday kontent (ma’lumot) uchun shaxsan javobgar ekanligiga rozi. Agar foydalanuvchi o‘zi tomonidan shaxsan yaratilmagan yoki mualliflik huquqi egasining ruxsatiga ega bo‘lmagan kontentni (ma’lumotni) yuklash, uzatish yoki nashr etish huquqiga ega emas.
Kontentni (ma’lumotni) joylashtirish bilan bog‘liq uchinchi shaxslardan da’volar kelib tushgan taqdirda, Foydalanuvchi ushbu da’volarni mustaqil ravishda va o‘z hisobidan hal qiladi.
Kompaniya Foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ixtiyoriga ko‘ra Foydalanuvchi tomonidan kimningdir huquqlari yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablari yoki davlat organlari qarorlari buzilganligi to‘g‘risida yetarli (Kompaniya uchun) dalillarni taqdim etgan har qanday uchinchi shaxslarga berish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Foydalanuvchi tomonidan “KORNET.UZ” internet-resursida intellektual mulk ob’ektlarini noqonuniy joylashtirish masalasi yuzasidan Kompaniyaga uchinchi shaxslar tomonidan da’vo talablari qo‘yilgan taqdirda, Foydalanuvchi bunday huquqbuzarlik yoki bunday da’volarni taqdim etish natijasida yetkazilgan barcha zararlarni Kompaniyaga qoplash majburiyatini oladi. Kompaniya esa Foydalanuvchini tizim ro‘yxatidan o‘chirish orqali u bilan kelishuvni bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega.
Ushbu Kelishuv Foydalanuvchi unga qo‘shilgan paytdan boshlab kuchga kiradi va noma’lum muddatga amal qiladi. Ushbu Kelishuv Foydalanuvchi va Kompaniya o‘rtasidagi Internet-resursdan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi bitimni ifodalaydi va Foydalanuvchi, Kompaniya va boshqa manfaatdor shaxslar o‘rtasidagi oldingi barcha kelishuvlarni almashtiradi.
Kompaniya Kelishuv shartlarini va uning barcha ajralmas qismlarini o‘z Internet-resursida Kelishuvning yangi versiyasini yoki uning o‘zgartirilgan har qanday ajralmas qismlarini joylashtirish orqali foydalanuvchining roziligisiz o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bunday holda, Foydalanuvchi Internet-resursda joylashtirilgan Kelishuvning yangi mazmuni bilan mustaqil ravishda tanishish majburiyatini oladi. Kelishuvning yangi tahriri, agar ular e’lon qilingan o‘zgartirishlar kuchga kirishining boshqa sanasi Kompaniya tomonidan belgilanmagan bo‘lsa, Internet-resursda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Kelishuvning yangi tahriri yoki uning ajralmas qismi e’lon qilinganidan keyin Foydalanuvchi tomonidan Kompaniya xizmatlaridan foydalanishda davom etishi uning har qanday holatda ham Kelishuvga kiritilgan barcha yangi o‘zgarishlarni so‘zsiz qabul qilgani hisoblanadi.
18. Bonuslar
Mazkur Kelishuv shartlariga muvofiq, “KORNET.UZ” internet-resursi va mobil ilovasi Mulkdorining qarori bilan Foydalanuvchiga Bonuslar taqdim etilishi mumkin. Bonuslar Foydalanuvchiga turli topshiriqlar (missiyalar)ni bajargani uchun taqdim etiladi (Bonuslarni foydalanuvchi shaxsiy hisobiga kiritish orqali). Bonuslarni qo‘lga kiritish uchun Missiyalar ro‘yxati, ularni amalga oshirish shartlari va olingan bonuslar uchun mukofotlar, Bonuslarni taqdim etish usullari “KORNET.UZ” internet-resurs va mobil ilovasi Mulkdori tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Yig‘ilgan bonuslarni ekvivalent sovrinlarga almashtirish mumkin. To‘plangan bonuslarga sovrinlarni almashtirish bahosi va mavjud sovrinlar ro‘yxati internet-resursning alohida sahifalarida e’lon qilinadi.
Foydalanuvchiga taqdim etilgan bonuslardan Foydalanuvchi faqat “KORNET.UZ” internet-resursida e’lon qilingan sovrinlarni almashtirish uchun foydalanishi mumkin. Bonuslarni uchinchi shaxslarga berish yoki naqd pul ekvivalenti bilan almashtirish mumkin emas. Hisobni o‘chirish yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzish yoki boshqa sabablarga ko‘ra kuyib ketgan bonuslar har qanday shaklda, shu jumladan qisman foydalanilgan taqdirda ham qoplanishi mumkin emas.
Agar Foydalanuvchi “KORNET.UZ” internet-resursidan foydalanish bo‘yicha Kelishuvni rad etsa yoki “KORNET.UZ” internet-resursi Mulkdori o‘z tashabbusi bilan har qanday pullik xizmatni bekor qilsa (rad qilsa), Foydalanuvchiga ilgari taqdim etilgan barcha Bonuslarning amal qilish muddati tugaydi va ularni qayta tiklab bo‘lmaydi. Har qanday holatda, agar Foydalanuvchi “KORNET.UZ” internet-resursidan foydalanishdan bosh tortsa, Foydalanuvchiga faqat shaxsiy hisobidagi mablag‘ qoldig‘i Bonuslarsiz o‘tkazilishi mumkin.
Pullik xizmatlarning narxi “KORNET.UZ” internet-resursi Mulkdori tomonidan quyidagi omillardan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda belgilanadi: mavsumiylik, Publikatsiyalar (Topshiriq, Vakansiya yoki E’lonlar) taqdim etilgan hudud, toifaning ommabopligi, toifadagi/mintaqadagi Foydalanuvchilar faolligi.
19. Yakuniy qoidalar
Ushbu Kelishuv bo‘limlarining nomi va raqamlanishi o‘qish qulayligi uchun berilgan va ular Kelishuvni sharhlashda muhim emas.
Tomonlar o‘rtasidagi yozishmalar elektron pochta orqali amalga oshiriladi. Bunda Kompaniyaning tegishli elektron pochta manzili: info@kornet.uz.
Foydalanuvchining tegishli elektron pochta manzili uning Hisob ma’lumotlarida (agar mavjud bo‘lsa) ko‘rsatilgan manzildir. Yozishmalar pochta aloqasi orqali yoki hujjatlarni Tomonlarning vakolatli vakillariga topshirish orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Agar Kelishuvning biron bir qoidasi qonun bilan haqiqiy emas deb topilsa, ushbu qoida Kelishuvdan chiqarilgan deb hisoblanadi va Kelishuvning qolgan qoidalari o‘z kuchida qoladi.
OOO "FIND WORK NEW SERVICE"
INN 309 896 500
Yuridik manzili: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Mash’al MFY, Farobiy ko‘chasi,
11/21-uy, 4-xonadon.